“Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalot jamoa hujumchisi Benyamin Sheshko bilan bo’lgan suhbat tafsilotlarini oshkor qildi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Dalotning aytishicha, u Sheshkoga shunday degan: “Bilasanki, nima bo’ladi? Bitta gol ursang, OAV seni keyingi mavsumning eng zo’r hujumchisi deb yozadi. Shunday bo’lsa, ertasi kuni ham o’sha oddiy yigitligingcha qolishing kerak”. Bu fikrlarni u Rio Ferdinandga bergan intervyusida bildirib o’tdi.
Sheshko o’tgan yozda “Manchester Yunayted” safiga qo’shilgan. Shu paytgacha u barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo’ldi.
23 fevral kuni “qizil iblislar” APLning 27-turi doirasida safarda “Everton” bilan to’qnash keladi. O’yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Dalot Sheshkoga OAV bosimi haqida ogohlantirish berdi
So’nggi yangiliklar
Argentina futbol rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi
Bugun, 12:00
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga murabbiy sifatida qaytadi
Bugun, 11:47
Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi
