2028 yilda Los-Anjelesda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari boks sport turi uchun tarixiy yangilik bilan boshlanadi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi boks dasturini rasman yangiladi va ayollar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Endilikda, ilk bor Olimpiada tarixida erkaklar va ayollar bokschilar soni teng — har ikkisi ham 124 nafardan ishtirok etadi.
Olimpiadadagi yangi vazn toifalari
Ayollar (124 nafar):
– 51 kg
– 54 kg
– 57 kg
– 60 kg
– 65 kg
– 70 kg
– 75 kg
Erkaklar (124 nafar):
– 55 kg
– 60 kg
– 65 kg
– 70 kg
– 80 kg
– 90 kg
– +90 kg
2028 Olimpiadasida boks nafaqat raqobat, balki tenglik va imkoniyatlarning ramziga aylanmoqda. Yangi format nafaqat sportchilar, balki butun jahon boks olami uchun yangi sahifa ochishi shubhasiz.
Ctrl
Enter
Xato topd
I
ngizmi
Iborani ajratib
Ctrl+Enter
tugmasini bosing