Myunxenning «Bavariya» klubi Konrad Laimer bilan yangi shartnoma bo‘yicha hozircha kelishuvga erisha olmadi. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, biroq klub rahbariyati uni muddatidan avval uzaytirmoqchi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Bild xabariga ko‘ra, Laimerning vakillari bonuslarni ham qo‘shgan holda yiliga 15 mln yevro maosh so‘ramoqda. «Bavariya» esa bundan pastroq taklif bilan chiqmoqda. Hozirda 28 yoshli futbolchi mavsumiga taxminan 8-9 mln yevro atrofida daromad oladi.
Laimer esa Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi o‘rni va rolini inobatga olib, maoshi oshirilishini o‘zi uchun adolatli deb hisoblayapti. 2023 yildan buyon «Bavariya» ranglarini himoya qilayotgan yarim himoyachi keyinchalik o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham o‘ynab kelmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Bavariya Laimerning maoshni oshirish talabiga duch keldi
So’nggi yangiliklar
Maykl Kerrikning yanvari oyi Angliyada "shov-shuv"ga to‘ldi…
Bugun, 11:58
Naumov Mourinyo uchun Saudiya chempionatini mos ko'rdi
Bugun, 11:53
Denis Kazanskiy Nyukasl uchun turgunlik davri boshlanganini aytdi
