Xans-Diter Flik hozirda “Barselona”ni Ispaniya La Ligasi doirasida uy maydonida “Vilyarreal”ga qarshi o‘yin oldidan tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshni qarshilaydi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Shu munosabat bilan “Bavariya” klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Flikka qisqa tabrik yo‘llandi: “Tug‘ilgan kuning muborak, Xansi”.
Eslatib o‘tamiz, Flik 2019–2021 yillarda myunxenliklar bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning davrida “Bavariya” ikki marta Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati trofeylarini yutgan.
“Barselona” — “Vilyarreal” uchrashuvi fevral oyining so‘nggi kunida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Bavariya Flikni tug’ilgan kuni bilan tabrikladi
So’nggi yangiliklar
Marselda xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq xavotir uyg'otdi
Bugun, 12:05
"Strandja" turnirida bugun to‘qqiz nafar bokschimiz ringga chiqadi
Bugun, 11:59
Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon
