in

Barselonadan kelgan Dro PSJ safida ilk bor maydonga tushdi

Hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandes ilk bor «Pari Sen-Jermen» safida o‘yin amaliyotini boshladi. 18 yoshli ispan futbolchi Liga 1 doirasida «Marsel»ga qarshi «Park de Prens»dagi uchrashuvda debyut qildi: u 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, o‘sha paytda hisob allaqachon yakuniy ko‘rinish (5:0)ga kelib qolgan edi. O‘yin boshlanishidan avval Dro stadiondagi muxlislarga rasman tanishtirildi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Eslatib o‘tamiz, Dro yanvar oxirida «Barselona»dan PSJga ko‘chib o‘tgan. Fransuz grandi «ko‘k-anorranglilar» akademiyasining istiqbolli tarbiyalanuvchisi uchun 8 mln yevro to‘lagani qayd etilgan.

21 turdan so‘ng PSJ Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Luis Enrike jamoasi ikkinchi o‘rindagi «Lans»dan ikki ochko oldinda bormoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Barselonadan kelgan Dro PSJ safida ilk bor maydonga tushdi

So’nggi yangiliklar

Xitoyda simsiz quvvatlanadigan yo‘llar qurilishi boshlandi

Bugun, 11:51

Arbeloa Valverdening yarim himoyaga qaytishini izohladi

Bugun, 11:49

The Athletic talqinida tarixning eng yaxshi futbolchilari e’lon qilindi