Italiya milliy terma jamoasi va Milanning «Inter» klubi yetakchi himoyachilaridan biri sanalgan Alessandro Bastoni yozgi transferlar oynasida Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Yevropada o‘zini isbotlagan himoyachiga qiziqish tobora ortib bormoqda.
Caught Offside manbasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Londonning «Arsenal» klubi 26 yoshli futbolchini o‘z safida ko‘rishni jiddiy maqsad qilgan. “To‘pchilar” himoya chizig‘ini yanada mustahkamlash uchun Bastonini asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Milanning «Inter» klubi rahbariyati esa bu transferdan katta moliyaviy foyda ko‘rishni rejalashtirmoqda. Manbalarga qaraganda, italiyaliklar o‘z yetakchi himoyachisi uchun taxminan 100 million yevro atrofida mablag‘ talab qilishi mumkin. Bu esa transfer bozoridagi eng yirik kelishuvlardan biriga aylanishi ehtimolini oshiradi.
Shu bilan birga, Bastonining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil o‘rtalariga qadar amal qiladi. U 2017-yildan buyon milanliklar safida to‘p surib, jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylangan.
Joriy mavsumda himoyachi 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, nafaqat himoyada ishonchli o‘yin namoyish etdi, balki hujumlarda ham faollik ko‘rsatdi — 2 ta gol urdi va 6 marta jamoadoshlariga golli uzatma amalga oshirdi.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, «Arsenal» himoyasi yanada kuchli va barqaror tus olishi mumkin. Endi barcha e’tibor — muzokaralar qanday kechishi va Bastonining yakuniy qaroriga qaratilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» «Arsenal» Bastoni uchun 100 million yevro tayyorlamoqda
So’nggi yangiliklar
Tashiyev Hayit namozida qatnashdi va o‘zi xafa qilganlardan kechirim so‘radi (video)
Bugun, 11:57
Yulduz Turdiyeva uchun eng zo‘r xonanda kim?
Bugun, 11:32
Zokir Ochildiyev: “Ota-onani rozi qilishni kechiktirmang”
Bugun, 11:05
