in

Arne Slot Runi aytgan “Liverpul aurasi”ga javob qaytardi

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Ueyn Runi tomonidan bildirilgan fikrlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Runi niderlandiyalik mutaxassisda “Liverpul aurasi” yetishmayotganini aytdi. Shu bilan birga, u bunday taassurot Yurgen Klopp bilan doimiy qiyoslashlar fonida paydo bo‘lishi mumkinligini ham tan oldi.

Slot esa odamlarni solishtirish har kimning huquqi ekanini ta’kidladi, biroq buni har doim ham adolatli deb bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi. Murabbiy Klopp bilan uni birlashtiradigan asosiy jihat — ikkalasi ham chempionlikni qo‘lga kiritgani ekanini aytdi.

“O‘ylaymanki, murabbiy qancha ko‘p g‘alaba qozonsa, uning ‘aurasi’ ham shuncha kuchliroq bo‘ladi. Bu muhim. Yurgenning o‘ziga xos aurasi borligi rost, lekin men o‘zim haqimda buni chetdan turib baholay olmayman. G‘alaba qozonadigan murabbiy — aurali murabbiy”, — dedi Slot matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni “qizillar” APL doirasida safarda “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Arne Slot Runi aytgan “Liverpul aurasi”ga javob qaytardi

So’nggi yangiliklar

Radimov Juventus himoyasidagi xatolarni keskin tanqid qildi

Bugun, 11:35

Atletiko Panichellini hujum chizigiga asosiy nomzod qilib oldi

Bugun, 11:30

Dalot Sheshkoga OAV bosimi haqida ogohlantirish berdi