Yengil vazn toifasida (70 kg) UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Sarukyan hamyurti Islom Maxachev bilan bo‘lajak revansh haqida
gapirdi
.
“
Ko‘p jangchilar birgina qattiq zarba o‘tkazib yuborsa, jang rejasini unutadi. Menimcha, Islom bilan ham xuddi shunday. Uni taktikalarini yo‘q qilishim uchun bitta kuchli zarba yo‘llashim yetarli
“, – dedi Arman ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Sarukyan o‘rtasidagi revansh 19 yanvar kuni Los-Andjelesdagi “UFC 311” turnirida bo‘lib o‘tadi.