in

Argentina Yamalga qarshi maxsus reja tayyorlamoqda

Mart oyi oxirida Ispaniya va Argentina terma jamoalari Finalissimadagi sovrin uchun maydonga tushadi: biri amaldagi Yevropa chempioni, ikkinisi esa Amerika Kubogi sohibi. Uchrashuvga hali ancha vaqt bor, biroq murabbiylar shtablari allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

The Touchline nashri DSports Radio manbasiga tayanib yozishicha, argentinaliklar Ispaniyaning qanot hujumchisi Lamin Yamaldan keladigan xavfni qanday cheklash ustida bosh qotirmoqda. Rejaga ko’ra, unga qarshi shaxsiy himoyada ishonchli o’ynay oladigan himoyachi Nikolas Tal’yafiko birinchi raqamli variant sifatida ko’rilmoqda.

Shuningdek, Lionel Skaloni jismonan kuchliroq yarim himoya chizig’ini shakllantirishni rejalashtirmoqda: tarkibda Yamalgа qarshi kurashga maksimal e’tibor qaratadigan, kerak bo’lsa jamoa manfaatini birinchi o’ringa qo’yib ishlaydigan futbolchi ham bo’lishi mumkin. Argentina tomoni Yamalni vaziyatlarda ikki futbolchi nazoratiga tushirib, uning erkin harakatlanishini kamaytirishni xohlayapti.

Ispaniya — Argentina o’yini 27 mart kuni bo’lib o’tadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Argentina Yamalga qarshi maxsus reja tayyorlamoqda

So’nggi yangiliklar

Kompanining aytishicha, u Gvardioladan g‘alaba mentalitetini oldi

Bugun, 11:38

Aleksey Nikitin hozirgi Milan o'yinini paradoks deb atadi

Bugun, 11:37

Kubarasi Flikning qattiq ohangi jamoani asraydi deb hisoblaydi