in

APLning ikkinchi to'purari bolaligida MYUga muxlislik qilgan

“Brentford” hujumchisi Igor Tyago bolaligida Angliya Premyer-ligasi o’yinlarini qanday tomosha qilgani haqida gapirib berdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

24 yoshli braziliyalik bu mavsum yorqin o’yin ko’rsatmoqda: u APL to’purarlar poygasida 26 uchrashuvda urgan 17 goli bilan ikkinchi o’rinda bormoqda.

“Avvaliga futbol menga unchalik qiziq emasdi. Lekin akam meni har hafta APL o’yinlarini, ayniqsa, ‘Manchester Yunayted’ bahslarini ko’rishga majbur qilardi. Vaqt o’tib, shu jamoaga ko’nikib qoldim va uni sevib qoldim”, — deya Tyagoning so’zlarini Transfer News Live keltiradi.

Igor Tyago 2024 yil yozida Angliyaga ko’chib o’tgan: “Brentford” uni Belgiyaning “Bryugge” klubidan 33 mln yevroga sotib olgandi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» APLning ikkinchi to’purari bolaligida MYUga muxlislik qilgan

So’nggi yangiliklar

Bu hafta dollar kursi qanchaga pasaygani ma'lum bo‘ldi

Bugun, 12:08

Allegri Modrichning g‘alaba keltirgan goli haqida fikr bildirdi

Bugun, 12:02

Genich Sevilya va Alaves o'yini uchun taxmin berdi