in

Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzaytirilishidan norozi bor

Kecha Tomas Tuhel Angliya Futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomasini uzaytirgani e’lon qilindi. Mutaxassis Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, Futbol assotsiatsiyasidagi ayrim yuqori lavozimli amaldorlar bu qarordan qoniqmagan. Ularning fikricha, germaniyalik mutaxassis bo‘yicha yakuniy qaror Jahon chempionatidan keyin, natija bilan birga taktik yondashuv va yetakchilik sifatlari ham baholangach qabul qilinishi kerak edi.

Assotsiatsiyaning ayrim vakillari shartnoma faqat Tuhelni boshqa ishga olib ketishlari mumkin degan xavotir sabab uzaytirilganini ta’kidlamoqda.

Avvalroq esa Tomas Tuhel yozda “Manchester Yunayted”ning murabbiylik bo‘yicha qisqa ro‘yxatida borligi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzaytirilishidan norozi bor

So’nggi yangiliklar

APL yarim himoyachisi Hutchinson uchun Chelsi va Arsenal kurashga kirdi

Bugun, 11:49

Kurtua Benfika bilan o'yin bu safar boshqacha bo'lishini aytdi

Bugun, 11:47

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berdi