Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin kunlarda jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
The Athletic xabariga ko’ra, italiyalik mutaxassisning Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan yangi kelishuvi allaqachon tayyor, hozircha faqat rasmiy formalitetlar qolgan.
Terma tarixidagi ilk xorijlik murabbiy boshchiligida Braziliya 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
Mundialning final bosqichida braziliyaliklar Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan o’rin oldi.
Braziliyaning guruh bosqichidagi uchrashuvlari 13, 19 va 24 iyun kunlari bo’lib o’tadi. Avvalroq Anchelotti yozda “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Anchelotti Braziliya termasi bilan yangi shartnoma imzolaydi
So’nggi yangiliklar
Maykl Kerrikning yanvari oyi Angliyada "shov-shuv"ga to‘ldi…
Bugun, 11:58
Naumov Mourinyo uchun Saudiya chempionatini mos ko'rdi
Bugun, 11:53
Denis Kazanskiy Nyukasl uchun turgunlik davri boshlanganini aytdi
