“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida o‘z maydonida “Bornmut”dan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Manchesterliklar Ruben Amorim qo‘l ostida ilk bor yirik hisobda yengildi. Uchrashuvdan keyin portugaliyalik mutaxassis mag‘lubiyatga munosabat
bildirdi
.
–
Ketma-ket ikkita, uchta g‘alabaga erishish qiyin, lekin biz harakat qilyapmiz. Bu o‘yin juda og‘ir o‘tdi. Penalti bizga og‘ir zarba bo‘ldi.
Agar o‘yinga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz, birinchi golga qadar raqibga o‘yin berganimiz yo‘q. Bizda ham gol urish uchun yetarli imkoniyatlar bo‘ldi. Agar hisobni biz ochganimizda o‘yin umuman boshqacha kechardi.
Biz o‘yinda ko‘p asabiylashyapmiz. Shu bosimni yo‘qotishimiz kerak. Bor e’tiborimizni ishga qaratishimiz shart. Mana shu omil jamoani to‘g‘ri yo‘naltirishga yordam beradi. Kelinglar, hammasini unutib, oldinga qarab intilaylik
, – dedi Amorim.