“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqin o‘yinda qatnashmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi maydonga tushadi. So‘nggi paytlarda boykot ortidan portugaliyalik yulduz tez orada qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u tarkibda bo‘lmaydi.
“Jadval juda zich. Biz Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini hordiq chiqarish uchun asrayapmiz — oldinda ‘Al-Fateh’ga qarshi muhim uchrashuv turibdi”, — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Murabbiy ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan o‘yinlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.
Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Al-Nasr murabbiyi Ronalduning nega maydonga tushmasligini aytdi
So’nggi yangiliklar
Peterburgda qahramonlik ko‘rsatgan Xayrullo munosib taqdirlandi
Bugun, 12:07
Martin Demikelis Ispaniyada Mallorka bosh murabbiyi bo'ldi
Bugun, 12:00
Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi
