«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o’ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo’lsa-da, bu safar ham tarkibdan joy olmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o’yin turganini alohida ta’kidladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduga dam berish odatiy hol ekanini ham qo’shimcha qilgan: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o’tadigan bahslarda birinchi marta emas, yana o’ynamayapti.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo’lib o’tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o’yinda dam berdi
So’nggi yangiliklar
Jikiya maoshdagi muammo sabab klubini o‘zgartirishi mumkin
Bugun, 11:38
Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi
Bugun, 11:29
Boka Juniors yangi sport direktori nomini e’lon qildi
