«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o’tkazib yuborishiga sabab bo’lgan qarorni izohladi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so’ng tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o’yinda ham u ro’yxatda bo’lmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, zich taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilingan. Murabbiy jamoani oldinda yanada muhim bahs — «Al-Fateh»ga qarshi o’yin kutayotganini eslatdi.
Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o’tadigan o’yinlarni vaqti-vaqti bilan o’tkazib yuborishi yangilik emasligini qo’shimcha qildi. Uning so’zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo’lib o’tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega o’ynamasligini aytdi
So’nggi yangiliklar
Samsung Galaxy S26 seriyasi rasman taqdim etildi
Bugun, 11:44
Arbeloa kechagi o‘yinda «Real»ning kuchini Vinisius va Chuamenida ko‘rdi
Bugun, 11:40
Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi
