«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safargi uchrashuvda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buni chempionatdagi «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin oldidan ehtiyot chorasi sifatida izohladi.
Al Nassr Zone manbasi keltirgan iqtibosga ko‘ra, Ronaldu uchun bunday dam olish yangilik emas: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o‘tkaziladigan ayrim uchrashuvlarda avval ham maydonga tushmagan.
Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi
So’nggi yangiliklar
Nikita Haykin o'zini doimo rossiyalik deb biladi
Bugun, 12:02
Lion Nitsani mag'lub etib, g'alabalar seriyasini uzaytirdi
Bugun, 11:52
Romano Milan Barselona himoyachisiga qiziqishini tasdiqladi
