“Manchester City” afsonasi Serxio Aguero portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida tan olsa-da, uni o‘zining eng kuchli to‘rt futbolchi ro‘yxatiga kiritmagan, deb The Telegraph xabar berdi.
Agueroga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi — Lionel
Messi
. U Messi va Diego Maradonani taqqoslash tarafdori emasligini aytgan va har ikkisini ham o‘z davrining eng yaxshilari deb tan olish kerakligini ta’kidlagan.
“Men hech qachon bunday taqqoslashlarni yoqtirmaganman. Biz, argentinaliklar, Diegoni ham, Leonni ham tarixdagi eng yaxshi futbolchilar sifatida qabul qilishimiz kerak”, — degan Aguero.
Shuningdek, u braziliyalik Ronaldo Nazarioni o‘zining faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan futbolchi sifatida tilga olgan:
“Meni eng ko‘p ilhomlantirgan futbolchi – braziliyalik Ronaldo”.
Aguero Ronaldinoning “Joga Bonito” uslubini ham yuqori baholagan. Uningcha, Ronaldino texnika, dribbling va ijodkorlik jihatidan eng iqtidorli futbolchilardan biri bo‘lgan.
Shu tariqa, Aguero tarixdagi eng zo‘r futbolchilar to‘rtligini quyidagicha sanagan:
– Lionel Messi
– Diego Maradona
– Ronaldo Nazario
– Ronaldinho
Krishtianu
Ronaldu
esa bu ro‘yxatga kiritilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topd
I
ngizmi
Iborani ajratib
Ctrl+Enter
tugmasini bosing
setTimeout(() => { fetch(‘/api/update-view.php?id=147402’, { method: ‘GET’ }) .catch(() => {}); }, 1000);
Yoqdi