in

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da o‘z ustunligini namoyon qilmoqda…

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibida Angliya Premer-ligasi, UYEFA Chempionlar ligasi va ichki kubok musobaqalarida qayd etilayotgan natijalardan qat’i nazar, har bir uchrashuvda yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatmoqda.

Yevropaning nufuzli sport nashrlari o‘zbek futbolchisining o‘sishi va maydondagi ishtirokiga e’tibor qaratdi. Britaniyaning mashhur Sky Sports nashri Husanovni maqtovga sazovor deb topdi. Manba mutaxassislarini Abduqodirning Angliya liga kubogi finalida “Arsenal”ga qarshi o‘yini ham hayratga soldi.

Sky Sports tahliliga ko‘ra, Husanov pozitsiyaga qaytishda ajoyib tezlik namoyish etdi va Viktor Dyokereshni birorta ham imkoniyatsiz qoldirdi. Qisqa muddatda u Premer-liganing eng ishonchli himoyachilaridan biriga aylandi.

Manchester City News esa Husanovni rivojlanayotgan yoki mahalliy darajadagi o‘yinchi emas, balki jahon darajasidagi futbolchi deb baholadi. Unda tezkor fikrlash, pozitsiya tanlashda aniqlik, maydonda vaqtni his qilish va yakkakurashlardagi kuchlilik mavjud. Husanov bosim ostida ham xotirjam o‘ynaydi va maydonni ajoyib oqimda o‘qiydi.

TopSkills Sports UK nashri tahlilida ta’kidlanishicha, Abduqodir yoshligiga qaramay qo‘rqmaslik va eng yaxshi hujumchilarga qarshi ham diqqatni yo‘qotmaslik qobiliyatiga ega. U “Arsenal”ga qarshi bahsda maydonda eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi va sariq kartochkaga qaramay o‘yinni to‘xtatmadi.

Shu bilan birga, 19 yoshida Fransiyaning Liga 1 turniridagi “Lans” klubiga o‘tganidan keyin, ingliz tilini umuman bilmasdan Pep Gvardiolaning talabchan uslubiga tez moslashishi uning ajoyib yuksalishini ko‘rsatadi.

Abduqodir Husanov Uemblidagi Angliya liga kubogi finalida asosiy tarkibda maydonga tushdi, darvozasini daxlsiz saqladi va o‘yin davomida Viktor Dyokereshni to‘liq yopib tashladi. Uning bu erishgan natijasi uning Yevropadagi ilk sovrini bo‘ldi.

Husanovning maydondagi ustunligi va barqaror o‘yini uning kelajagi porloq ekanini ko‘rsatib turibdi va o‘zi ishtirok etgan har bir uchrashuvda himoyada jahon darajasidagi ishonchlilik namoyon etmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da o‘z ustunligini namoyon qilmoqda…

So’nggi yangiliklar

O‘rta Chirchiqda ayol va ikki oila a’zosi is gazidan vafot etgani ma’lum qilindi

Bugun, 12:08

Nurafshondan Toshkentga tezyurar avtobus tizimi joriy etiladi

Bugun, 12:02

25 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:42