in

2024 yilning eng yaxshi murabbiyi Timur Kapadze: "Bu natijalarga birgalikda erishdik"

Bugun O‘FA majlislar zalida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan tarixda ilk bor Olimpiadaga chiqqan Timur Kapadze 2024 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Tantanali marosim yakunida murabbiyning fikrlari bilan

qiziqdik

.

Birinchi navbatda meni loyiq ko‘rishgani uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, prezidentimizning futbolimizga, bizning jamoaga o‘z mehrlarini, qo‘llab-quvvatlashlarini berganlari uchun ham bunday natijaga erishdik. O‘FA, MOQ, Sport vazirligiga ham rahmat aytaman. Ular doim yonimizda bo‘lishdi. Erishgan natijalarimizga motivatsiya bo‘ldi. Biz birgalikda erishdik. 4 yil davomida qiyin yo‘lni bosib o‘tdik. 2 ta Osiyo chempionati, Osiyo o‘yinlari va muhimi tarixda ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldik.

O‘zbek futboli uchun 2024 yil omadli bo‘ldi deya olaman. 2025 yil bundan ham yutuqli bo‘lishini tilab qolaman. Oldimizda Jahon chempionati yo‘llanmasi bor. O‘ylaymanki, yigitlar buni uddasidan chiqishadi. Takliflarga kelsak, albatta bor. Futbolga xizmat qilamiz. Terma jamoa? Vatan jamoasida har birimiz ishlash uchun tayyormiz. Bunday holat yuz bersa, qo‘ldan kelgancha yordamlashamiz

“, – deydi Timur Kapadze.