Qonunchiligimizda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish uchun javobgarlik belgilangan.
Fuqaro B.X. o‘zboshimchalik bilan yer maydonini egallab, noqonuniy bino barpo etganligi sababli, kadastr agentligi tomonidan unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, 82,4 mln. so‘m jarima qo‘llanilgan.
Mazkur qaror ijrosi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasiga yuklatilgan.
Ijro hujjati talabi javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli ko‘chmas mulk va avtotransport vositasi xatlangan.
Natijada qarzdordan 82 mln. 400 ming so‘m jarima hamda 4 mln. 120 ming so‘m ijro yig‘imi to‘liq undirilib, qaror ijrosi ta’minlandi.
MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallash qimmatga tushdi
So’nggi yangiliklar
Putin vengriyalik asirlarni ozod qilib, Budapeshtga sovg‘a qildi
Bugun, 10:53
Ikki o‘zbek grossmeysteri nufuzli turnirga maxsus taklif oldi
Bugun, 10:36
