Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi korrupsiya jinoyati ustida qo’lga olindi. Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo’limi yetakchi mutaxassisi o’z lavozimidan foydalanib, noqonuniy daromad orttirishga uringan.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi Qarshi shahridagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan birining Surxondaryo viloyatida filial ochishiga ruxsat beruvchi litsenziyani tez fursatda ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u universitet vakilidan 100 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo’yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbir davomida vazirlik mutaxassisi Toshkent shahrida kelishilgan pul mablag’ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Vazirlik xodimi 100 ming dollar pora bilan ushlandi
So’nggi yangiliklar
Real Madrid Mikel Artetani o'z safiga qo'shib olmoqchi
Bugun, 11:50
Ukraina prezidenti yordamni to'sayotgan siyosatchiga tahdid qildi
Bugun, 11:47
