Toshkentdagi «Izza» qurilish bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa haqidagi xabar 21-fevral kuni Toshkent shahar FVBBga kelib tushgan. Yong‘in Uchtepa tumanida, Qovunchi ko‘chasida joylashgan qurilish mahsulotlari sotiladigan bozor hududida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar kelib tushmagan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov ham yetib borgani aytilmoqda.
Yong‘in natijasida bozor hududida taxminan 200 kvadrat metr maydonda joylashgan rom va eshik mahsulotlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli esa kattaroq yo‘qotishning oldi olingan — 2000 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
E’tiborli tomoni shundaki, joriy yil 16-fevral kuni mazkur bozor Davlat yong‘in nazorati organi tomonidan belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruvda yong‘in xavfsizligi qoidalariga oid bir qator qoidabuzarliklar aniqlangani sababli, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, 3 kun muddatga elektr ta’minotidan uzib qo‘yilgan.
Ma’lum qilinishicha, bozor ma’muriyati tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha kafolat xati taqdim etgan. Biroq, afsuski, qoidabuzarliklar o‘z vaqtida to‘liq bartaraf etilmagani oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Qisqasi, bu voqea yana bir bor bitta haqiqatni esga solyapti: yong‘in xavfsizligi “keyin qilib qo‘yamiz” deydigan narsa emas. Agar kamchiliklar vaqtida tuzatilsa, ko‘p narsa oldindan saqlanib qoladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Toshkentdagi «Izza» qurilish mollari bozorida yong‘in ro‘y berdi
So’nggi yangiliklar
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga murabbiy sifatida qaytadi
Bugun, 11:47
Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi
Bugun, 11:45
Verder Shimoliy Amerika safaridan voz kechishini e'lon qildi
