Alter Ego podkastining navbatdagi sonida Uklon’ning ekspansiya bo‘yicha vitse-prezidenti Maksim Ostapyuk Kirill Altman bilan suhbatda Toshkentda taksi bozori qanday o‘zgarayotgani haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, an’anaviy “ko‘chadan taksi” modeli asta-sekin chekinib, ilova orqali buyurtma qilinadigan ride-hailing formati ustunlikka chiqmoqda. Bu haqda kursiv.uz
xabar
beradi.
Ostapyuk ride-hailing‘ni avvalo transport xizmati emas, balki texnologik yechim sifatida ta’riflaydi: servis yo‘lovchi va haydovchi o‘rtasida vositachi bo‘lib, safar muammosiz amalga oshishini ta’minlaydi. Eng muhim farqlardan biri — shaffoflik: foydalanuvchi buyurtma berishdan oldin narx, yo‘nalish, avtomobil ma’lumotlari va haydovchi reytingini ko‘radi. Savdolashuv yoki kutilmagan qo‘shimcha haq kabi holatlar bo‘lmaydi.
Servisdagi haydovchilarning katta qismi shaxsiy avtomobil egalaridan iborat: ular qachon ishlashini va platformaga qancha vaqt ajratishini o‘zi belgilaydi. Yana bir qismi esa hamkor avtoparklar orqali ulanadi.
Vitse-prezident keltirgan raqamlarga ko‘ra, bitta avtomobil kun davomida 25 yoki undan ko‘p mijozni tashishi mumkin. Toshkentda ayrim professional haydovchilar oyiga taxminan 25 mln so‘mgacha daromad olmoqda. O‘rtacha daromad 10 mln so‘m atrofida, biroq yakuniy summa bajarilgan buyurtmalar soni, bonus dasturlari hamda avtomobilni brendlash orqali oshishi mumkin — brendlash oyiga qo‘shimcha $150–170 daromad beradi.
Suhbatning muhim qismi dinamik narxlash mexanizmiga bag‘ishlandi. Talab keskin oshadigan paytlarda — masalan, yomg‘ir, qor yoki yirik tadbirlar vaqtida — bo‘sh haydovchilar kamayadi va tizim vaqtincha oshiruvchi koeffitsiyentni qo‘llaydi. Ilovadagi “narx slayderi” esa yo‘lovchiga tanlov beradi: tezroq mashina kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan qimmatroq variant yoki bazaviy tarif, biroq kutish vaqti uzunroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan rejim.
Ostapyukning aytishicha, bu yondashuv talab va taklifni muvozanatlashtirib, yuklama yuqori bo‘lgan vaqtlarda ham xizmatning mavjudligini saqlab turishga yordam beradi hamda buyurtmalarni samaraliroq taqsimlaydi.
Uklon statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha safarlarning qariyb 55 foizi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keladi — bu oyiga 14 mln dan ortiq buyurtma degani. Kompaniya bozorning 8–10 foizini egallagan. Ostapyuk Uklon hozirgacha $10 mln dan ziyod sarmoya kiritganini, mablag‘larning sezilarli qismi marketingga yo‘naltirilganini qayd etdi.
Uklon O‘zbekistonda taxminan ikki yarim yildan beri faoliyat yuritadi va biznesni rivojlantirishga investitsiyalarni davom ettirmoqda. Hozir kompaniya o‘sish va servis iqtisodiyotini optimallashtirishga urg‘u berib, 2027–2028-yillarda o‘zini oqlash (breyk-iven) nuqtasiga chiqishni maqsad qilgan.
Vitse-prezident bahosiga ko‘ra, ride-hailing bozori yiliga o‘rtacha 10–15% sur’atda o‘sishda davom etadi. Raqobatning kuchayishi, ekotizim xizmatlarining rivojlanishi va avtoparklar soni ko‘payishi mashina yetib kelish vaqtini qisqartib, servis samaradorligini oshiradi.
Ostapyuk ride-hailing‘ni shahar transport tizimining ajralmas qismi, jamoat transportni to‘ldiruvchi yechim sifatida ko‘radi. U kundalik mobil ehtiyojlarni — kechki paytdagi safarlar, transport kirishi qiyin hududlar va “eshikdan eshikkacha” marshrutlarni qoplaydi. Shuningdek, bir ride-hailing avtomobili kuniga o‘rtacha 20–25 yo‘lovchini tashishi, shaxsiy avtomobil esa odatda faqat bitta egasi tomonidan ishlatilishini ta’kidlab, bu shahar ko‘chalaridagi shaxsiy mashinalar sonini kamaytirishi va infratuzilmaga tushadigan yukni yengillashtirishini aytdi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=2&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
