Toshkent shahrida jamoat joyida alkogolli ichimlik iste’mol qilib, fuqarolar osoyishtaligini buzgan 35 yoshli erkakka nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi. Bu haqda Qalampir nashri sud hujjatlariga tayanib xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 20 fevral kuni soat taxminan 10:00 larda M.Q. Mirobod tumani hududida mast holda baqir-chaqir qilib, atrofdagilarni haqoratlagan va jamoat tartibini qasddan buzgan. Shu bilan birga, u ichki ishlar organlari xodimlarining huquqbuzarlikni to‘xtatish va IIBga borish haqidagi qonuniy talablariga ham bo‘ysunmagan.
Tekshiruv davomida fuqaroning o‘zi bilan qonunga xilof ravishda tig‘li sovuq qurol olib yurgani ham aniqlangan.
Ushbu ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida ko‘rib chiqilib, sudda huquqbuzar aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.
Sud qarori bilan u mayda bezorilik, jamoat joyida alkogol iste’mol qilish, taqiqlangan ashyolarni noqonuniy olib yurish hamda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslikda aybli deb topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 2 million 60 ming so‘m jarima jazosiga tortildi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Toshkentda mast holda janjal chiqargan shaxs qamoqqa olindi
So’nggi yangiliklar
Samarqandda ariq suvi ustidagi janjal akaning o‘limiga olib keldi
Bugun, 12:05
Noyer kutilmaganda Borussiya bilan o‘yinga qaytishi mumkin
Bugun, 11:58
Klaudio Raneri Italiya futbolidagi asosiy muammolarni aytdi
