Toshkent shahrining Uchtepa tumanida giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanib kelgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo’lga olindi. Timur ismli fuqaro o’zining noqonuniy faoliyati davomida hudud bo’ylab ko’plab yashirin joylarga giyohvandlik vositalarini joylashtirib kelgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchining yonidan va u yashirib qo’ygan joylardan jami 138 dona giyohvand moddalar solingan o’ramlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atildi. Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu shaxs giyohvand moddalarni o’ta yirik miqdorda sotish bilan shug’ullangan.
Hozirgi vaqtda gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko’ra, giyohvand moddalarni sotish bilan bog’liq jinoyatlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Tergov jarayoni davom etmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Toshkentda 138 ta giyohvandlik vositasi yashirgan shaxs ushlandi
So’nggi yangiliklar
Yulduz Rajabova va Emre Kıvıljimdan kutilmagan fotolar:
Bugun, 11:48
Ispaniya chempionatida to'plarga maxsus chiplar o'rnatiladi
Bugun, 11:45
