in

Toshkent va Namangan osmonida noma’lum jism kuzatildi

19 fevral kuni Toshkent shahridagi “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida osmondan noma’lum jism tushayotgani kuzatilgan. Xuddi shunday holat Namangan viloyatida ham qayd etilgan.

Namanganda aholi kuchli shovqin va yer silkinishiga o‘xshash tebranishni his qilgani aytilmoqda. Poytaxtda esa jismning harakati video tasvirga tushib qolgan.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, osmonda chaqnash va qora tutun bir necha soat davom etgan. Hodisa taxminan soat 12:30–13:00 oralig‘ida sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ma’lum qilishicha, hozircha mazkur jism meteorit ekani rasman tasdiqlanmagan. Vaziyat bo‘yicha dastlabki o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Toshkent va Namangan osmonida noma’lum jism kuzatildi

So’nggi yangiliklar

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga murabbiy sifatida qaytadi

Bugun, 11:47

Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

Bugun, 11:45

Verder Shimoliy Amerika safaridan voz kechishini e'lon qildi