Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘qotar qurol va o‘q-dorilarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Konimex tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli “Oniks” rusumli avtotransport vositasi tekshiruvdan o‘tkazildi. Ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashinaning yukxonasidan 500 dona 5,6 mm kalibrli, otish uchun yaroqli patronlar topilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tezkor tadbir shu bilan to‘xtab qolmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tekshiruvni davom ettirib, ushbu shaxsning yashash xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan yana 600 dona 5,6 mm kalibrli patronlarni ashyoviy dalil sifatida musodara qilgan. Qayd etilishicha, jami 1100 dona patron olib qo‘yilgan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatma sifatida: tegishli litsenziya yoki ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, uning asosiy qismlari hamda o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan fuqarolar qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Tezkor tadbir: Konimexda 1100 dona patron musodara qilindi
So’nggi yangiliklar
Sebalyos mag'lubiyat uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi
Bugun, 11:45
Darvin Nunes Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin
Bugun, 11:42
Kivu Interga kambek uchun nimalar zarurligini aytdi
