in

Taqiqdagi 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent shahrida yashovchi, 1953-yilda tug‘ilgan, avval bir necha bor sudlangan ayol 1982-yilda tug‘ilgan tanishi bilan oldindan kelishgani ma’lum bo‘ldi. Ular Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik subyektiga tegishli, ammo hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 mln AQSH dollariga sotishni rejalashtirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab berishini aytgan. Evaziga yerni turar joy toifasiga o‘tkazib berishni va’da qilib, oldindan 200 ming AQSH dollari olgan paytda fosh etilgan.

Ular Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismi “a” bandi hamda 28, 211 moddasining 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Huquq-tartibot idoralari ish bo‘yicha qo‘shimcha holatlarni aniqlamoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Taqiqdagi 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

So’nggi yangiliklar

Flik Kanseluni maqtab, uni jamoaga katta yordam beradi dedi

Bugun, 11:42

Yulduz Usmonova yonida yurib “zvezda” bo‘lib qolganlarni keskin tanqid qildi

Bugun, 11:37