Sirdaryo viloyatida katta qiymatdagi mobil qurilmalarni noqonuniy olib kirish holati fosh etildi. Viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda maxsus tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo tumanida M-39 avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan, avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi Spark avtomashinasi to‘xtatilgan. Transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda uning yukxonasidan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan, IMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hamda hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgan xorijda ishlab chiqarilgan smartfonlar topilgan.
Tekshiruv davomida jami 35 dona telefon borligi aniqlangan. Ularning 30 tasi “iPhone 17 Pro Max”, yana 5 tasi “iPhone 17 Pro” modeli ekani qayd etilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qurilmalarning umumiy qiymati qariyb 700 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan topilgan ashyoviy dalillar vaqtincha saqlovga olingan. Ish bo‘yicha surishtiruv va qo‘shimcha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Sirdaryoda 700 million so‘mlik iPhone kontrabandasi aniqlandi
So’nggi yangiliklar
Hormuzni tark etmoqchi bo‘lgan tankerlar nishonga olinyapti
Bugun, 11:56
12 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:40
"Qo‘qonlik tabib" Iqbol Soliyev Ozarboyjonda qo‘lga olindi
Bugun, 11:40
