in

Shohjahon Jo‘rayev otasi uni nima sababdan asrab-avaylagani haqida so‘zlab berdi

Shohjahon Jo‘rayev bolaligida otasining erkatoy o‘g‘li bo‘lmaganini eslab, tug‘uruqxonadan uni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lishgani haqida ilk bor tomoshabinlarga so‘zlab

berdi

.

— “

Bolaligimda erkatoy bo‘lmaganman. Otam meni erkalamagan, lekin ko‘p ayagan. Hatto bog‘chaga ham bormaganman. Shunday vaziyatlar bo‘lganki, mana endi aytsam bo‘ladi. Tug‘uruqxonada meni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan. Shundan keyin bechora otam biz to universitetga kirguncha qo‘riqchi qo‘yib katta qilgan

“, deydi Shohjahon.

Boshlovchi “

Hatto gala-konsertlarga xos soqchi, qo‘riqchilar bilan kelishardi

” deya qo‘shimcha izoh berib o‘tdi.

— “

O‘g‘il bola bo‘lib turib bunday yurgani uyalardik, otam “buning sababini katta bo‘lsang tushunasan”, derdi. Ulg‘ayganimizdan so‘ng shunday voqealar bo‘lgan, deb aytib bergan

“, dedi san’atkor.

Boshlovchining “

Otangiz sizlarni avaylaganlari ham yaxshi bo‘lgan ekan, bizga o‘xshab har xil gap-so‘zlar, do‘st-u yor xiyonatidan uzoqda bo‘lgansiz

” degan gapiga Shohjahon Jo‘rayev “

Yoshligimizda bundan asragan ekanlar-u, ammo katta bo‘lgach, turli gap-so‘zlarni ‘yedik’ baribir

” deya istehzo bilan kuldi.

Mavzuga oid yangiliklar