Bugun, 14 mart kuni Adliya vazirligi tomonidan SSSR pasporti bilan yashab kelgan ayolga ID-karta taqdim qilindi. Bu haqda vazirlikning Telegram-kanalida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, 1972 yil 21 dekabrda Nurota tumanida tug‘ilgan Onarxol Kubayeva bir muddat Qo‘shrabot tumani Quvkalla mahallasida istiqomat qilgan. U 1992 yilda Payariq tumanidagi Nakurt mahallasiga kelin bo‘lib ko‘chib o‘tgan.
Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro uzoq yillar davomida sobiq ittifoq – SSSR pasporti bilan yashagan. Bu e’tiborsizlik va oilaviy sharoitlarning chekli bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuningdek, u shu vaqtgacha mahalla fuqarolar yig‘ini, ichki ishlar organlari yoki FHDY bo‘limlariga murojaat qilmagan.
Mazkur holat aniqlangach, Qo‘shrabot va Payariq tuman adliya bo‘limlari hamda Payariq tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi hamkorlikda zarur choralarni amalga oshirdi. Natijada 2026 yil 14 mart kuni Onarxol Kubayevaga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi rasman taqdim qilindi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Samarqandda “SSSRning so‘nggi fuqarosi” ID-karta oldi
So’nggi yangiliklar
Moskvadagi “Viktoriya” mukofoti yulduzlarni birlashtirdi
Bugun, 08:53
Malika Ravshanova sun’iy intellekt yordamida klip yaratishga munosabat bildirdi
Bugun, 08:51
Tramp g‘alaba haqida gapirdi: Eronning haqiqiy kuchi sirligicha qolmoqda
Bugun, 08:29
