Samarqand viloyatida aka-uka o‘rtasida chiqqan janjal fojiali oqibat bilan yakunlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 12 fevral kuni soat taxminan 11:30 larda Narpay tumaniga qarashli Ho‘jakarzon mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligida ariqdan suv o‘tkazish masalasi yuzasidan A.S. akasi U.S. bilan tortishib qolgan.
Janjal davomida u o‘ziga tegishli ov miltig‘i bilan akasiga bir marta o‘q uzgan va natijada U.S. voqea joyida halok bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhum tanasida ov qurolidan yetkazilgan og‘ir shikastlar aniqlangan bo‘lib, o‘lim tashqi qon ketishi oqibatida kelib chiqqan.
Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan 12 fevral kuni Narpay tuman prokuraturasi tomonidan A.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qonunga muvofiq tartibda ushlangan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Samarqandda ariq suvi ustidagi janjal akaning o‘limiga olib keldi
So’nggi yangiliklar
"Strandja" turnirida bugun to‘qqiz nafar bokschimiz ringga chiqadi
Bugun, 11:59
Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon
Bugun, 11:55
Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt baravar oshirmoqchi
