Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Maxsus komissiya yig‘ilishidan so‘ng ekologik holatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan noqonuniy issiqxonalarni tekshirish maqsadida mutasaddilar bilan birgalikda tungi reydga chiqdi. U shunday obyektlardan biri rahbari bilan suhbatda uning faoliyati aholi salomatligiga zarar keltirayotganini tushuntirib, bu amaliyotni darhol to‘xtatishni talab qildi.
«Bu noto‘g‘ri, noqonuniy. Siz tirikchilik qilayapsiz, biz esa shu havodan nafas olyapmiz. To‘xtatinglar… Odamlarimizning, bolalarimizning sog‘ligi juda muhim», — dedi Saida Mirziyoyeva vaziyatga munosabat bildirib.
Bugungi yig‘ilishda ta’kidlanganidek, ekologiyani yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bir martalik aksiya emas. Havo sifatining vaqtincha yaxshilanishiga qaramay, bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar izchil va tizimli davom ettiriladi. Har bir rahbar bu ishning ahamiyatini chuqur anglashi shartligi katta urg‘u bilan qayd etildi.
«Millat salomatligi — prezidentimiz uchun ustuvor vazifa. Muammo tubdan hal bo‘lmaguncha to‘xtamaymiz», — dedi Saida Mirziyoyeva yig‘ilishda.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni Toshkentda havo ifloslanishi kuchayganidan keyin Saida Mirziyoyeva mas’ul idoralar bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan, shundan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan ekologik chora-tadbirlar tasdiqlanib, maxsus komissiya tuzilgandi.
Hozirda mazkur komissiya Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havoni ifloslayotgan obyektlar bo‘ylab har kuni reydlar o‘tkazmoqda. Bu ishlar aholi salomatligini himoya qilish va poytaxt ekologiyasini barqaror yaxshilashga qaratilgan.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
