Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolgan yana 6 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston bolalar ombudsmani rasmiy bayonot berdi.
Xabarga ko‘ra, bolalar ombudsmani Rossiyadagi hamkasbiga murojaat yo‘llab, voyaga yetmagan bolalarni vaqtincha joylashtirishda tezkor yordam so‘ragan. Natijada, Rossiya tomonida zarur choralar ko‘rilib, bolalar tegishli muassasalarda vaqtincha saqlangan.
2026 yil 8 fevral kuni 6 nafar bola — 4 nafari Moskva shahridan va 2 nafari Moskva viloyatidan — Ichki ishlar vazirligi vakillari kuzatuvida O‘zbekistonga olib kelingan. Hozirda ular Toshkent shahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu bolalarning yaqin qarindoshlari tomonidan vasiylikni rasmiylashtirish bo‘yicha zarur huquqiy choralarni ko‘rmoqda. Ombudsmanlar o‘zaro hamkorlikda bu kabi insonparvarlik aksiyalarini davom ettirishini bildirgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Rossiyadan qarovsiz qolgan yana 6 bola O‘zbekistonga qaytarildi
So’nggi yangiliklar
Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi
Bugun, 11:57
Yurtimizga Ramazon yaqinlashmoqda: taqvim, saharlik va iftorlik duolari
Bugun, 11:55
Manchester Siti yaqin yillarda Gvardiolani yoqotishi mumkin
