“Qo‘qonlik tabib” nomi bilan tanilgan Iqbol Soliyev Ozarboyjon poytaxti Bokuda qo‘lga olingani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, u Bokudagi Bİ-ES VİP klinikasida o‘z usuli asosida odamlarni qabul qilib, davolash ishlarini olib borgan. Aytilishicha, u bir qabul uchun 60 manat, ya’ni taxminan 430 ming so‘m miqdorida haq olgan.
Xabarlarga ko‘ra, qisqa vaqt ichida tabib sifatida tanilgan Soliyevning qabuliga Bokuda ham katta navbatlar paydo bo‘lgan. Ko‘plab odamlar uning davolash uslubiga qiziqish bildirgani aytilmoqda.
Biroq vaziyat mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiborini tortgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarboyjon politsiyasi Iqbol Soliyevning qo‘lga olinganini rasman tasdiqlagan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» “Qo‘qonlik tabib” Iqbol Soliyev Ozarboyjonda qo‘lga olindi
So’nggi yangiliklar
Kim Chen In qizi bilan mudofaa zavodiga tashrif buyurdi
Bugun, 11:38
Telegraph: Mujtabaning qattiq pozitsiyasiga shaxsiy fojea sabab
Bugun, 11:24
Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar fonida neft narxi keskin ko'tarildi
Bugun, 11:20
