O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga binoan, yurtimizning bir guruh faol va tashabbuskor qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida istiqomat qiluvchi iste’dodli shoira Latofat Amirova ham bor.
Yosh ijodkorning adabiyot sohasidagi yutuqlari va ijodiy salohiyati davlatimiz tomonidan yuksak baholandi. Prezident topshirig’iga asosan, shoiraga Samarqand shahrining Qorasuv massividan barcha qulayliklarga ega, zamonaviy mebellar bilan jihozlangan ikki xonali uy sovg’a qilindi.
Uy kalitlarini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi. Hokim yosh shoirani erishgan yutuqlari bilan qutlab, unga kelgusi ijodiy faoliyatida zafarlar tiladi. Mazkur e’tibor yoshlarning ilm-fan, madaniyat va san’at sohalaridagi intilishlarini qo’llab-quvvatlash hamda ularni rag’batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Qashqadaryolik yosh shoira Prezident sovg’asi bilan taqdirlandi
So’nggi yangiliklar
Pillachilik bilan shug'ullanuvchi oilalarga 4 million so'm beriladi
Bugun, 11:53
Apple o'z mahsulotlari qatorini Ultra qurilmalar bilan kengaytiradi
Bugun, 11:04
