in

Qashqadaryoda bank noqonuniy reklama uchun jazolandi

Qashqadaryo viloyati hududida faoliyat yuritayotgan banklar reklama ma’lumotlarining “Reklama to’g’risida”gi qonun talablariga muvofiqligini o’rganish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasining viloyat bo’limi tomonidan tadqiqot o’tkazildi. Tekshiruvlar natijasida “Infinbank” aksiyadorlik jamiyatining Qashqadaryo viloyati filiali binosi tomida bank nomi aks ettirilgan tashqi reklama obyekti, binoning old fasadida esa bank nomi va xizmat turlarini ko’rsatuvchi “billbord” joylashtirilgani aniqlandi.

Shuningdek, I. Karimov ko’chasida, bank binosiga qarama-qarshi yo’l chetida bank logotipi tushirilgan “stela” ko’rinishidagi tashqi reklama joylashtirilgani qayd etildi.

Ushbu holatlar “Reklama to’g’risida”gi qonun va tashqi reklama bozori tartibini belgilovchi Vazirlar Mahkamasining 104-sonli qarori talablarini buzgan. Shu sababli hududiy boshqarma maxsus komissiyasi mazkur holat bo’yicha ish qo’zg’adi va natijada bank filialiga moliyaviy jarima belgilandi.

Shuningdek, qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo’yicha majburiy ko’rsatma berildi. Biroq bank mazkur qaror va ko’rsatmaga rozi bo’lmay, sudga murojaat qildi.

Sud ishni ko’rib chiqib, da’voni qanoatlantirmadi va hududiy boshqarma qarori hamda ko’rsatmasini o’z kuchida qoldirdi.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });