Qarshi tumani hokimligi lavozimida kadrlar o’zgarishi ro’y berdi. Tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Tursunov Jasur Sanjarovich tayinlandi. Bu haqda tegishli qaror qabul qilingan.
Yangi hokim o’z faoliyatini boshlashdan avval Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U huquqni muhofaza qilish organlaridagi boy tajribasi bilan tanilgan. Endilikda Jasur Tursunov Qarshi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish va hududda bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish bo’yicha mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi.
Ushbu tayinlov hudud boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish hamda tuman salohiyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirildi. Mahalliy aholi va jamoatchilik vakillari yangi rahbarning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi
So’nggi yangiliklar
Yulduz Rajabova va Emre Kıvıljimdan kutilmagan fotolar:
Bugun, 11:48
Ispaniya chempionatida to'plarga maxsus chiplar o'rnatiladi
Bugun, 11:45
