Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 98,8 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,1 ming nafarga yoki 77,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Tojikiston — 75 466 nafar;
Qozog‘iston — 11 383 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 9 205 nafar;
Rossiya — 1 746 nafar;
Turkmaniston — 794 nafar;
Afg‘oniston — 44 nafar;
Turkiya — 39 nafar;
Ukraina — 17 nafar;
Ozarbayjon — 15 nafar;
AQSH — 12 nafar;
Boshqa davlatlar — 82 nafar.