O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyatida o’zgarish yuz berdi. Tashkilot Boshqaruvining bugun bo’lib o’tgan yig’ilishida Shuxratjon Oripov Orip o’g’li Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuxratjon Oripov o’z faoliyati davomida matbuot va axborot sohasida yetarli tajriba to’plagan mutaxassislardan biri hisoblanadi. U ayni damda “Biznesni rivojlantirish banki” matbuot kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. Endilikda u bankdagi faoliyati bilan bir qatorda mamlakatimizdagi jurnalistlar hamjamiyatini birlashtiruvchi nufuzli tashkilotga rahbarlik qiladi.
Jurnalistlar uyushmasi mamlakatimizda so’z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari xodimlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda soha vakillarining malakasini oshirishda muhim o’rin tutadi. Yangi rahbar oldida turgan asosiy vazifalar qatorida jurnalistlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va media sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish turibdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi
So’nggi yangiliklar
Real Madrid Mikel Artetani o'z safiga qo'shib olmoqchi
Bugun, 11:50
Ukraina prezidenti yordamni to'sayotgan siyosatchiga tahdid qildi
Bugun, 11:47
