Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida fojeali hodisa sodir bo‘lib, bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tuman IIB navbatchilik qismiga «Yangi Turmush» mahallasi, Go‘zal ko‘chasidagi xonadonda vaqtincha yashab kelgan 1946-yilda tug‘ilgan S.M., uning nevarasi 1988-yilda tug‘ilgan Yu.D. hamda evarasi 2008-yilda tug‘ilgan J.M.ning vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.
O‘rta Chirchiq tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan kelib chiqqan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» O‘rta Chirchiqda ayol va ikki oila a’zosi is gazidan vafot etgani ma’lum qilindi
So’nggi yangiliklar
Didiye Desham Fransiya termasidagi o‘rinbosar haqida norozi fikr bildirdi
Bugun, 10:55
Milliardlab dollarlik investitsiyalar: yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigi
Bugun, 10:48
Markaziy bank nazoratidagi barcha banklar va to‘lov tashkilotlari tahlili
Bugun, 10:29
