in

Noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida buzib tashlandi

Ayrim hollarda yer qonunchiligi talablariga rioya etmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz yoki samarasiz foydalanish, shuningdek, noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan Baliqchi tumani, Chinobod massivi qishloq xo‘jalik xaritasining 4956-konturidagi 40 kv.m yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni javobgar B.L. hisobidan buzdirilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga ixtiyoriy muddat berilganiga qaramasdan, sud qarorida ko‘rsatilgan talablar bajarilmaganligi sababli qishloq xo‘jaligi yer maydonida noqonuniy ravishda barpo etilgan qurilmani buzib tashlash va yer maydonini dastlabki holatiga keltirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Ijro harakatlari davomida tegishli tashkilotlar va mutaxassislar jalb qilindi hamda noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida buzib tashlandi.

Natijada, qishloq xo‘jaligi yer maydoni noqonuniy qurilmalardan tozalandi va yer uchastkasining maqsadli foydalanish tartibi tiklandi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida buzib tashlandi

So’nggi yangiliklar

Arbeloa kechagi o‘yinda «Real»ning kuchini Vinisius va Chuamenida ko‘rdi

Bugun, 11:40

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi

Bugun, 11:40

«Real» Bernabeuda «Benfika»ni qanday mag‘lubiyatga uchratdi? (video)