Navoiy viloyatining Konimex tumanida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, oqibatda 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa “Navoiy–Zarafshon–Uchquduq” avtomobil yo‘lida ro‘y bergani haqida “Millar” dasturida xabar qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojiа 22 fevral kuni Konimex hududida sodir bo‘lgan. Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomashinani quvib o‘tishga harakat qilgan. Biroq manyovrni yakunlashga ulgurmay, qarshi tomondan kelayotgan yuk avtomobili bilan to‘qnashuv yuz bergan.
Qayd etilishicha, Nexia tezligi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan. Oqibatda ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan, yana ikki kishi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, shifokorlar ularning hayotini saqlab qololmagan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Nexia quvib o‘taman deb yuk mashinasiga urilib ketdi, 4 kishi vafot etdi
So’nggi yangiliklar
Putin vengriyalik asirlarni ozod qilib, Budapeshtga sovg‘a qildi
Bugun, 10:53
Ikki o‘zbek grossmeysteri nufuzli turnirga maxsus taklif oldi
Bugun, 10:36
