Navoiy viloyatida sobiq xotinini va uning ota-onasini yuk mashinasi bilan ataylab bosib o’ldirgan erkakka umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Ushbu hukm jinoyat ishlari bo’yicha Tomdi tumani sudi tomonidan chiqarilgan.
Ma’lum bo’lishicha, 41 yoshli S. R.
ismli shaxs HOWO yuk mashinasi haydovchisi bo’lib, chorva uchun suv tashish bilan shug’ullangan. U ushbu og’ir jinoyatni oilaviy mojarolar zaminida sodir etgan.
Oilaviy mojarolar S. R.ning sobiq xotini G.
E. bilan 2021-yil aprel oyida rasmiy ajrashganidan keyin kelib chiqqan.
Ular Tomdi tumani, Sharq qishlog’ida G. E.ga qarashli uyni baham ko’rgan.
2024-yil 20-dekabrda Zarafshon tumanlararo fuqarolik ishlari bo’yicha sudining qaroriga ko’ra, S. R.
majburan ushbu uy-joydan chiqarilishi kerak edi. Qarorni ijro etish uchun Majburiy ijro byurosining (MIB) shahar bo’limi tomonidan ijro ishi qo’zg’atilgan edi.
Fojiali hodisa joriy yilning 17-mart kuni yuz berdi. MIB xodimlari majburiy chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun voqea joyiga borganida, u yerda S.
R., uning sobiq xotini va ularning ota-onasi ham bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra, S.
R. HOWO yuk mashinasini boshqarib turganida, sobiq xotinini, so’ng uning onasi va otasini ataylab bosib o’ldirgan.
Voqea joyida bo’lgan MIB xodimlaridan biri S. R.ning harakatlarini batafsil tasvirlab berdi.
Unga ko’ra, oq rangdagi yuk mashinasi 15–20 metr masofada to’xtab, haydovchi yig’ilgan odamlar tomon qarab, mashinani sobiq xotiniga qarata harakatlantirgan. Avvaliga u sobiq xotinini devorga qistab qo’ygan, so’ng rulni burib, uning onasini urib, ustidan o’tgan.
S. R.
harakatlarini davom ettirib, yuk mashinasini qayta aylantirib, yerda yotgan ayol ustidan qayta o’tgan. Shundan so’ng, u sobiq xotinining yordamga shoshilgan otasini urib yuborgan.
Jinoyatni amalga oshirgach, S. R.
mashinadan tushib, pichoq bilan G. E.ga ikki marta zarba bergan.
Shundan keyin u MIB xodimlariga ham hujum qilishga uringan, ammo ular o’zlarini himoya qilish uchun chekinishga majbur bo’lishgan. Oxir-oqibat, S.
R. pichoqni tashlab, yuk mashinasiga o‘tirib, voqea joyidan qochib ketgan.
Natijada sobiq xotin va uning ota-onasi og‘ir jarohatlar tufayli halok bo‘lishgan. Jinoyat ishlari bo’yicha Navoiy viloyat sudi tomonidan S.
R. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator og‘ir moddalariga, jumladan, “o’ldirish og’irlashtiruvchi holatlar asosida” (97-moddaning 2-qismi, “a, v, d, j” bandlari) va “hokimiyat vakiliga qarshilik ko’rsatish” (219-moddaning 2-qismi) bo’yicha aybdor deb topilgan.
Unga maxsus tartibdagi koloniyada umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi joriy yilning 28-oktabr kuni ushbu hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
