Davlatobod tumanida qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatning oldi olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-mart kuni Davlatobod tumanida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘ini notanish shaxs orqali 6 ming dollar evaziga o‘ldirishni rejalashtirayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan. U buning uchun o‘zining jazmani bilan oldindan jinoiy til biriktirgan.
DXX, viloyat IIB hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Buyurtmachilar Telegram orqali shartli qotil bilan suhbatlashgan. Ayol turmush o‘rtog‘i Cobalt mashinasida yolg‘iz yurishini, uni “Andijon–Namangan” yo‘lidagi ovloq joyda o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborish kerakligini, buning evaziga 6 ming dollar berishini aytgan.
Darhol jabrlanuvchining o‘ldirilgani aks etgan qotillik jinoyati sahnalashtirilgan.
Shartli qotil ushbu holatni tasvirga olib, buyurtmachi ayol va uning jazmaniga ko‘rsatgan. Buyurtmachilar kelishilgan puldan 5,5 ming dollarni shartli qotilga berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Namanganlik ayol jazmani bilan birga erini o‘ldirish uchun qotil yolladi
So’nggi yangiliklar
Robert Levandovski yaqin uch oyda qaror qabul qiladi
Bugun, 11:34
Illyuziyalardan voz kechish: 50 yoshdan keyin anglab yetiladigan haqiqatlar
Bugun, 11:24
