Surxondaryo viloyatida mavjud bo‘lmagan
“Cobalt” avtomobilini sotish
bahonasida bir necha fuqarolarni aldab, pul o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 27 yoshli yigit
Telegram messenjerida soxta profil ochib
, turli guruh va kanallarda “Cobalt” avtomobili sotilishi haqida e’lonlar joylashtirgan. U xaridorlarni jalb qilish maqsadida mashina narxini
bozor bahosidan ancha arzon
qilib ko‘rsatgan.
Gumonlanuvchi xaridorlar bilan yozishmalar davomida ularga avtomobilga yangi shinalar qo‘yish kerakligini aytib,
oldindan pul o‘tkazishni
so‘ragan. Fuqarolar pul yuborgach esa, u yozishmalarni o‘chirib tashlab, aloqani uzgan.
Tergov harakatlari davomida ushbu shaxs Surxondaryo viloyatining
Oltinsoy tumanida yashovchi uch nafar fuqaroga jami 8 million so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgani
aniqlangan. Umumiy hisobda esa u
15 nafar fuqaroning ishonchiga kirib
, ularning pul mablag‘larini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik)
bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud qarori bilan unga
qamoqqa olish ehtiyot chorasi
qo‘llanilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Mavjud bo‘lmagan “Cobalt”ni 15 kishiga sotgan yigit ushlandi
So’nggi yangiliklar
Moskvadagi “Viktoriya” mukofoti yulduzlarni birlashtirdi
Bugun, 08:53
Malika Ravshanova sun’iy intellekt yordamida klip yaratishga munosabat bildirdi
Bugun, 08:51
Tramp g‘alaba haqida gapirdi: Eronning haqiqiy kuchi sirligicha qolmoqda
Bugun, 08:29
