in

Mamlakatimizga dunyoning nufuzli mehmonxona brendlari kirib kelmoqda

Turizm sohasida ham katta ishlar qilindi. Tadbirkorlarning 6,5 trillion so‘m sarmoyasi bilan 24 ming o‘rinli mehmonxonalar ishga tushdi.

Kelgusi yilda mehmon o‘rinlari yana 30 mingga oshadi. Tadbirkorlar bunga 10 trillion so‘m investitsiya kiritishga tayyor.

Bu yil ishga tushgan 17 ta yirik savdo va turistik maskanga qo‘shimcha yana 25 ta shunday majmua qo‘shiladi.

Bo‘stonliqda 10 milliard dollarlik «Sea Breeze» nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishib olindi. Shuningdek, mamlakatimizga dunyoni nufuzli Swissôtel, Sheraton, Ritz-Carlton, Novotel, Pullman, Marriott, ibis, Mercure kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelayapti.

Savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi.

Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilishi belgilandi.