in

Kadastr agentligi bo‘limi inspektori firibgarlik qilib qo‘lga tushdi

Sherobod tumanida 1 gektar yer maydonini elektron auksion savdolarga qo‘yib olib berishini va’da qilgan yetakchi mutaxassis ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda kadastr agentligining tuman bo‘limi yetakchi inspektori R.B. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, unga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun “Qorabog‘” mahallasi hududidan 1 gektar yer maydonini 120 mln so‘m evaziga tanishlari orqali elektron auksion savdolarga qo‘yib olib berishini va’da qilib, tadbir jarayonida R.B.ning yaqin qarindoshi ushbu pullar hisobidan 20 mln so‘mni uning topshirig‘iga asosan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar