in

Jizzaxda bog‘cha tekshiruvini o‘tkazmaslik evaziga 4,8 mln so‘m talab qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati ta’lim tizimidagi mansabdorlardan birining qonunbuzarligi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat vakolatlaridan foydalanib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4,8 mln so‘m pora talab qilgan.

Xabarga ko‘ra, mansabdor talab qilingan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210 moddasi 2 qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tergov jarayonida mansabdorga tegishli Jinoyat kodeksining 167, 209 va 243 moddalarida nazarda tutilgan boshqa qonunga xilof harakatlar ham aniqlangani ma’lum qilindi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Jizzaxda bog‘cha tekshiruvini o‘tkazmaslik evaziga 4,8 mln so‘m talab qilindi

So’nggi yangiliklar

Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar ko'paydi, u esa xotirjam

Bugun, 11:32

Oskar Rudjeri Kavaniga futbolni yakunlashni maslahat qildi

Bugun, 11:28

27 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi